Boshqarma tomonidan 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar hisoboti

                                                                                                              2021-yilning yanvar-dekabr oylarida amalga oshirilgan ishlar.

2021-yil yakuni boʼyicha viloyatda yuk aylanmasi 2076,5 ming.tn/km109 foizga hamda yoʼlovchi tashish aylanmasi 10746,8 ming.yoʼlovchi/km107 foizga bajarildi.

                                                                                                                                        Avtomobil transporti sohasida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 - yil 7 - maydagi “Avtomobilda yo‘lovchi tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5108-son qarori qabul qilindi, unga asosan 2022 - yil 31 - dekabrgacha muddatga ekspriment tariqasida yakka tartibdagi tadbirkorlarga 4 ta o‘rindiqli yengil avtotransportda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi berildi

Hududlarda shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo norentabel avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchi tashishdan ko‘riladigan zararlar mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan qoplash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 - yil 8 - oktyabrdagi “Hududlardagi jamoat avtotransport faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 630-son qarori tasdiqlandi.

Yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini tashuvchilarga biriktirish tender jarayonlarini raqamlashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2021 - yil 6 - dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-son qarori qabul qilindi.

Birgina yoʼlovchi tashish sohasi boʼyicha hozirda viloyatda 544 ta mahalla fuqarolar yigʼinidagi 1469 ta aholi punktlarida yashovchi aholiga sifatli va xavfsiz transport xizmatini koʼrsatish boʼyicha 130 ta yuridik korxonalar tomonidan jami 285 ta yoʼlovchi tashish yoʼnalishlari xizmat koʼrsatib qelmoqda. Jumladan, 40 ta shahar yoʼnalishlari (Buxoro va Kogon shaharlari), 214 ta shahar atrofi yoʼnalishlari, 11 ta shaharlararo viloyat ichki yoʼnalishlari va 20 ta shaharlararo-viloyatlararo yoʼnalishlar mavjud.
Mazkur yoʼnalishlardan jami 97 ta yoʼnalishda avtobus, 7 ta yoʼnalishda mikroavtobus hamda 160 ta yoʼnalishda Damas rusumli avtotransport vositalari aholiga sifatli va xavfsiz transport xizmatini koʼrsatib kelmoqda.
Shuningdek, viloyatda avtotransport vositalari va yoʼlovchilarga xizmat koʼrsatish uchun 5 ta avtostantsiya, 5 ta oxirgi toʼxtash bekatlari va 529 ta oraliq bekatlar mavjud.

Аholiga qulaylik yaratish maqsadida 2021 yil davomida viloyat hududida yangi 6 ta shahar atrofi avtobus yoʼnalishlari tashkil etildi. Oʼtgan 2021 yilda viloyatning jamoat transporti yetib bormagan 38 ta MFY hududlarida yangi tashkil 23 ta yoʼlovchi tashish yoʼnalishi ochilishi tashkil etilib, ushbu yoʼnalishlar hisobiga jamoat transporti bilan toʼliq qamrab olindi.

Buxoro shahrida yoʼlovchi tashish bilan shugʼullanuvchi 8- 9- 51- 76-437-sonli avtobus yoʼnalishlarida harakatlanuvchi jami 70 ta avtobuslarga (GPS) navigator qurilmalari oʼrnatildi.

2021 yilda Vobkent tumanida yangi, zamonaviy avtostantsiya hamda Olot tumanida avtotransport vositalarining oxirgi toʼxtash bekati qurib, foydalanishga topshirildi.

                                                                                                                              Temir yo‘l transporti sohasida

Navoiy – Buxoro ikkinchi temir yoʼl liniyasining qurilishi doirasida uzunligi 77,19 km (bekat yoʼllari bilan birgalikda 92,0 km) boʼlgan hududda jami 1951,6 ming.m3 yer koʼtarmasini qurish rejalashtirilgan boʼlib xozirda yer koʼtarmasini qurish ishlari toʼliq bajarildi, bunda jami 6,2 km temir yoʼl yotqizildi. Ushbu uchastkada jami 63 ta sunʼiy inshootlar qurilishi rejalashtirilgan boʼlib shundan 12 tasi temir beton koʼpriklar boʼlib (8 ta koʼprik qurilgan, 4 tasida qurilish ishlari olib borildi), 1 dona JDPTT –tonnel-qurildi, 50 ta temir beton quvurlar qurildi.
Tadbirkorlarga qoʼshimcha qulayliklar yaratish va xizmat sifatini oshirish maqsadida, “Fijduvon erkin iqtisodiy zonasiga boradigan temir yoʼl kurilishi” loyihasi doirasida temir yoʼlning umumiy uzunligi ichki temir yoʼllari bilan birgalikda 30 kilometr, 7 komplekt (1/9 markali 2 komplekt oʼng va 1/9 markali 5 komplekt chap) strelkali oʼtqazgich, 1 dona temir beton koʼprik, 8 dona temir beton truba, 1 dona temir yoʼl kesishmasi va blok postdan iborat boʼlishi belgilangan.
Hozirda ushbu temir yoʼlning 23,806 km qismida yoʼl qurilish ishlari amalga oshirildi. Hamda GEK krani uchun strelka bilan 160 m yoʼl berk (tupik) yoʼli qoʼyildi. Koʼprik ustunlari (oporalari) tayyor. Proletini qoʼyish ishlari 23,806 km yoʼlni ShPS yoki shagʼal toʼkib "vыpravka" qilingandan keyin boshlanadi.
Buxoro – Xiva temir yoʼl uchastkasini loyixa asosida elektrlashtirish ishlari boʼyicha Buxoro-1-Dautepa uchastkalari oraligʼini elektrlashtirishda umumiy 235 km masofada elektrlashtirish ishlari loyxalashirilgan boʼlib 2021 yilda Buxoro-1-Yaxshilik bekatlari oraligʼida qazish va temir beton tayanchlarni montaj qilish ishlari olib borildi, 43-Razʼezdda loyiha asosida umumiy 122 ta tayanchlarni joylashtirish va maxkamlash uchun qazish ishlari moʼljallangan boʼlsa hozirgi kunga kelib 116 ta tayanch ostini qazish ishlari bajarildi, tayanchlarning fundament qismini joylashtirish ishlari loyixa asosida jami 97 ta belgilangan va ushbu fundamenlar barchasi oʼrnatildi.

                                                                                                                                Havo transporti sohasida

2021-yil davomida “Buxoro Xalqaro aeroporti” MChJ xodimlari tomonidan 315 ta maxalliy, 972 ta xalqaro aviaqatnotlarga, 25 291 maxalliy qatnov yoʼlovchilariga, 154 512 xalqaro qatnov yoʼlovchilariga yuqori darajali xizmat koʼrsatib oʼtildi. 2021-yil “Buxoro Xalqaro aeroporti” MChJda mahalliy aviaqatnovlar soni xaftasiga 7 taga, xalqaro aviaqatnovlar soni 28-30 taga yetqazildi. “Buxoro Xalqaro aeropori” MChJ aerovokzalida yoʼlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida binoda istalgan shaxarlarga aviachiptalar xarid qilish uchun imkoniyat yaratildi va “Boarding” sistemasi ishga tushirildi. Xorijiy aviakompaniyalarga xizmat sifatini yaxshilash maqsadida jahon aviakompaniyalari tomonidan foydalanilarotgan yoʼlovchilarni roʼyxatdan oʼtkazish tizimlari “DCS ASTRA”,SUBER” va “AMADEUS” tizimlari ishga tushirilib maxsus oʼquv kurslar orqali xodimlar malakasi oshirildi. 2021 yilda maxsus transport vositasi boʼlgan “TRАP” uchun 122 mln sumga angar qurilgan.