Аvtomobil transportida litsenziyalash tartib-taomillariga oʼzgartirish kiritildi.

05.01.2021

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 avgustdagi “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi PF-6044-son Farmonining 1-ilovasiga asosan 2021 yil 1 yanvardan yuklarni avtomobilь transportida shaharda, shahar atrofida va shaharlararo tashish faoliyat turlarini litsenziyalash bekor qilindi.


Shuningdek, Faromonning 2-ilovasiga asosan avtomobilь transportida yoʼlovchilarni tashish sohasidagi quyidagi 9 ta faoliyat turini litsenziyalash birlashtirish yoʼli bilan bekor qilindi:


-Yoʼlovchilarni shaharda avtobuslarda tashish


-Yoʼlovchilarni shahar atrofida avtobuslarda tashish


-Yoʼlovchilarni shaharlararo avtobuslarda tashish


-Yoʼlovchilarni shaharda mikroavtobuslarda tashish


-Yoʼlovchilarni shahar atrofida mikroavtobuslarda tashish


-Yoʼlovchilarni shaharlararo mikroavtobuslarda tashish


-Yoʼlovchilarni shaharda yengil avtomobillarda tashish


-Yoʼlovchilarni shahar atrofida yengil avtomobillarda tashish


-Yoʼlovchilarni shaharlararo yengil avtomobillarda tashish


Ushbu faoliyat turlari mos ravishda "Yoʼlovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo mikroavtobus hamda avtobuslarda tashish" va "Yoʼlovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo yengil avtomobillarda tashish" turlariga birlashtirildi. Natijada faoliyat turlari 15 tadan 6 taga qisqartirildi.