Yangi yo`nalishli taksi yo`nalishi ochildi.

14.01.2021

Ko`p sonli yo`lovchilarning talab va istaklaridan kelib chiqib, 2021 yil 10 yanvar kunidan 56-sonli "Ruhiy asab kasalliklari shifoxonasi-Sharq bosh bekati" mikroavtobus yo`nalishi faoliyati sinov muddati bilan yo`lga qo`yildi. Ushbu yo`nalish Buxoro shahar Otbozor MFY ni shaharning markaziy qismlari bilan bog`lab, Sharq bosh bekatiga qadar harakatlanadi. Yo`nalishda mikroavtobuslar keyinchalik avtobusga aylantirish rejalashtirilgan.