“Termiz – Darband – Termiz” shaharlararo poezd qatnovi yo`lga qo`yildi.

23.01.2021

Joriy yilning 22 yanvaridan Surxon vohasida yo‘lovchilarga qulaylik yaratish, transport xizmatlari ko‘rsatish ko‘lamini yanada oshirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan “Termiz – Darband – Termiz” yo‘nalishida 6381/6382 sonli shaharlararo poyezdi harakatini boshladi. 

Soat 16:50da Termiz temir yo‘l vokzalidan harakatini boshlagan ushbu shaharlararo poyezd bugun soat 20:03da Darband vokzaliga kirib keladi. Mazkur poyezd 23 yanvar kuni ertalab soat 05:22da Darband vokzalidan harakatini boshlab, shu kuni soat 08:42da Termiz temir yo‘l vokzaliga kirib boradi.

Bugundan boshlab, mazkur poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilganligi munosabati bilan Toshkent – Termiz – Toshkent yo‘nalishidagi 80/79-sonli poyezdiga Darband vokzaligacha borish uchun ulanadigan qo‘shimcha vagonlar bekor qilinadi.

Shuningdek, Toshkent – Termiz – Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 80/79-sonli hamda Qumqo‘rg‘on – Sariosiyo  yo‘nalishidagi 682-sonli poyezdlar harakat jadvaliga ham o‘zgartirish kiritildi.