Misrning "Fly Egypt " aviakompaniyasi O‘zbekistonga doimiy reyslarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi

04.02.2021

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Misr Arab Respublikasi Hukumati o‘rtasida tuzulgan Havo qatnovi to‘g‘risidagi Bitim asosida Transport Vazirligi huzuridagi “O‘zaviatsiya” Agentligi tomonidan “Fly Egypt” aviakompaniyasiga O‘zbekiston Respublikasiga muntazam ravishda aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun 2021- yil 3- fevralda 7-K-sonli ruxsatnomasi berildi.

Ruxsatnoma Qohira – Toshkent – Qohira va Sharm al-Shayx – Toshkent – Sharm al-Shayx yo‘nalishlarida parvozlar uchun berildi.

Aviakompaniya reyslarni Boing-737-700/800 havo kemalarida amalga oshirishini ma’lum qildi.