O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida muntazam aviareyslar soni oshirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi aviatsiya ma’muriyatlarining kelishuviga asosan joriy yilning 15 fevralidan boshlab, Toshkent – Nur-Sulton – Toshkent yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar soni ikki davlatdagi epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda har bir tomondan haftasiga 1 tadan 2 tagacha ko‘paytiriladi.
“Uzbekistan Airways” AJ tomonidan Toshkent – Nur-Sulton – Toshkent yo‘nalishida haftasiga 2 marotaba seshanba va juma kunlari muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, mazkur yo‘nalishlarda Qozog‘istonning “Air Astana” aviakompaniyasi tomonidan ham parvozlar amalga oshirilishi kutilmoqda.