30 - martdan Gruziyaga muntazam aviaqatnovlar tiklanadi

11.03.2021

2021 - yilning 30 - mart sanasidan Gruziyaga muntazam aviaqatnovlar tiklanadi. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi haftada ikki marotaba Toshkent – Tbilisi – Toshkent yo‘nalishida qatnovlarni amalga oshiradi.

Qatnovlar haftaning seshanba va juma kunlari bajariladi.

Seshanba:

Toshkent – Tbilisi (uchish 16:10da, qo‘nish 18:30da)
Tbilisi – Toshkent (uchish 19:30da, qo‘nish 23:30da)

Juma:

Toshkent – Tbilisi (uchish 20:40da, qo‘nish 23:00da)

Shanba:

Tbilisi – Toshkent (uchish 00:30da, qo‘nish 04:30da)

 

Aviachiptalarni kompaniyaning veb-saytida, "Uzbekistan airways sales" yoki aviakompaniya agentlarining ofislarida sotib olish mumkin.