Kuvaytning "Jazeera Airways" aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi

13.04.2021

O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Kuvayt davlati o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim asosida “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan 2021 - yil 12 - aprel kuni "Jazeera Airways" aviakompaniyasiga Kuvayt – Toshkent – Kuvayt yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun 8-k –sonli ekspluatatsion ruxsatnoma berildi.

Aviakompaniya parvozlarni A320-214 va A320-251N havo kemalarida amalga oshirishini ma’lum qildi.