Umumiy dezinfeksiya.

22.04.2021

Bugungi kunda viloyatdagi yoʼlovchi tashish bilan shugʼullauvchi barcha jamoat transportlari va yoʼnalishsiz taksilarda har bir qatnovlardan soʼng dezinfektsiya ishlari amalga oshirilmoqda.

                                 

Boshqarma masʼul xodimlari tomonidan aholiga koʼrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish va karantin qoidalariga rioya qilgan holda yoʼlovchi tashish va dezinfektsiyalash jarayoni boʼyicha qatʼiy nazorat olib borishmoqda.

                                                  
Dezinfektsiyalash ishlarida eng avvalo tutqichlar, oʼrnidiqlar hamda avtobus salonini dezinfektsiyalashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
“Jamoat joylarini dezinfektsiya qilish koronavirus infektsiyasining tarqalishini oldini olishda muhim hisoblanadi. Shu bilan birga, koronavirus boshqa yuqumli kasalliklar singari, havodagi tomchilar bilan ham yuqishi mumkin. Shuning uchun jamoat joylarida tibbiy niqob taqish tartibiga hamda avtobuslar salonida ijtimoiy masofaga rioya qilish juda muhim!