Hindiston va Turkiyaga aviaqatnovlar uchun vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatildi

11.05.2021

Tegishli tashlikotlar taklifini inobatga olgan holda mamlakatimizda koronavirus infektsiyasi tarqalishini jilovlash, unga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish hamda ushbu infektsiyaning yangi shtammlarini yurtimizga kirib kelishini oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan kasallanish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan ayrim davlatlar bilan o‘zaro aviaqatnovlarga quyidagi vaqtinchalik cheklovlar joriy qilindi:

Istanbul shahridan Farg‘ona, Urganch va Samarqand shaharlariga aviaqatnovlarni 2021- yil 5- maydan 1- iyunga qadar to‘xtatish;

Hindiston va Turkiyaga sayyohlar uchun mo‘ljallangan barcha charter qatnovlarni joriy yil 10 maydan boshlab epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar to‘xtatish;

Toshkent-Istanbul yo‘nalishida aviaqatnovlarni vaziyatdan kelib chiqib, joriy yil 10 maydan boshlab paritet asosida (talabdan kelib chiqib) kamaytirishga qaror qilindi.