Uzbekistan Airways Istanbul va Dehliga qator reyslarni bekor qildi

11.05.2021

O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Istanbul va Dehliga amalga oshirilayotgan quyidagi reyslarni bekor qiladi:

HY 271/272 Toshkent – Istanbul /Istanbul – Toshkent faqat 2021- yil 26 va 31 - may kunlari;

HY 273/274 Toshkent – Istanbul / Istanbul – Toshkent 2021 - yil 18 - maydan 31- maygacha faqat haftaning 2, 4 va 5 kunlaridagi reyslar;

HY 275/276 Samarqand – Istanbul / Istanbul – Samarqand 2021 - yil 17- maydan 31- maygacha;

HY 277/278 Farg‘ona – Istanbul / Istanbul - Farg‘ona 2021 - yil 19 - maydan 31 - maygacha;

HY 279/280 Urganch – Istanbul / Istanbul – Urganch 2021 - yil faqat 23 va 30 - may kunlari;

HY 421/422 Toshkent – Dehli / Dehli – Toshkent 2021 - yil faqatgina 14, 21 va 28 - may kungi reyslar.