O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 7 maydagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-5108-son qaroriga asosan yo`nalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 7 maydagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-5108-son qarorining 6 bandi ijrosini ta’minlash maqsadida yuridik shaxslarga tegishli bo`lgan yo‘nalishsiz taksilarning yagona tanish belgilari O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi tomonidan tasdiqlandi.
Izoh: Transport vositasining yon qismidagi sariq rangli kompozitsiyaning o‘lchamlari qo‘yidagicha belgildi:
balandligi - 20.0 sm.
uzunligi - transport vositasining oldi yoritish chirog‘idan orqa chiroqlariga qadar uzunlikda.
Oldingi eshigiga qo‘llaniladigan qora kvadratlardan iborat kompozitsiyalar va “T” harfining tasviri va o‘lchamlari (mm)
Shuningdek, Ushbu qaror talablari asosida yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilarga:
yo‘lovchilarni olish va tushirish maqsadida «To‘xtash taqiqlangan» yo‘l belgisi amal qilish hududida, shu jumladan aeroport va vokzallarga tutash hududlarda to‘xtash;
mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo‘lgan aeroportlar, temir yo‘l vokzallari, avtovokzallar, qurilish mollari, dehqon va buyum bozorlari hamda savdo majmualarining pullik to‘xtash joylariga yo‘lovchilarni olish va tushirish uchun bepul kirish;
yo‘nalishli transport vositalari uchun ajratilgan maxsus harakatlanish yo‘lagi bo‘ylab harakatlanishga ruxsat etilgan.