Viloyatdagi jamoat transporti yetib bormagan 38 ta mahalla transport qatnovi bilan qamrab olindi.

17.07.2021

Аholi uzogʼini yaqin, ogʼirini yengil qilishda transport tizimi alohida oʼrin tutadi. Soʼngi yillarni sohani tubdan yangilash, yoʼlovchilarga sifatli transport xizmati koʼrsatish asosiy vazifa etib belgilandi hamda xizmat koʼrsatish sifatini yaxshilash maqsadida qator islohotlar olib borildi. Ushbu islohotlar zamirida viloyatimizda ham jamoat transportida yoʼlovchilarga xizmat koʼrsatish masalasiga alohida eʼtibor qaritilmoqda.

Xususan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2020 yil 30 noyabrь kuni "Hududlarda jamoat transportini rivojlantirish masalalari"ga bagʼishlab oʼtkazilgan viedoselektorda berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida, bugungi kunga qadar viloyat boʼyicha jami jamoat transporti yetib bormagan 38 ta hudud yoʼlovchi tashish yoʼnalishlari bilan toʼliq qamrab olinib, yoʼlovchi tashish yoʼnalishlari harakati yoʼlga qoʼyildi. Ushbu tadbirlarga jami 131 ta transport vositasi jalb qilinib, 100 dan ortiq yangi ish oʼrinlari yaratildi.
Hozirgi kunda viloyat boʼylab 130 ta avtokorxonalar tomonidan 265 ta yoʼlovchi tashish yoʼnalishida 538 ta avtobus hamda 1780 ta mikroavtobus va Damaslarda yoʼlovchilarga xizmat koʼrsatib kelinmoqda.