Flynas aviakompaniyasi Ar Riyod - Toshkent yo‘nalishida muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi

09.08.2021

                                                            

Joriy yilning 5-avgust kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida “Flynas” aviakompaniyasining Ar Riyod - Toshkent yo‘nalishidagi ilk reysi tantanali ravishda kutib olindi.

Shunday qilib, mamlakatimizga muntazam parvozlarni amalga oshiruvchi aviakompaniyalar soni yana bittaga ortdi. Eslatib o‘tamiz, “Flynas” aviakompaniyasiga 2021- yilning 25- iyun kuni O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berilgan edi. Joriy yilning 3- avgust kuni esa aviakompaniyaning parvozlar jadvali tasdiqlangan.

Tasdiqlangan parvozlar jadvaliga muvofiq aviakomniya 5- avgustdan 2- sentabrgacha Ar Riyod – Toshkent - Ar Riyod yo‘nalishida haftada bir marta payshanba kunlari parvozlarni amalga oshiradi.

Sentabr oyidan boshlab esa aviakompaniya parvozlar sonini haftasiga uch martaga yetkazishi rejalashtirilgan.