Oʼzbekiston Respublikasining “Transport toʼgʼrisida”gi Qonuni qabul qilindi.

10.08.2021

Oʼzbekiston Respublikasining 2021 yil 09 avgustdagi “Transport toʼgʼrisida”gi OʼRQ-706 Qonuni qabul qilindi.
Qonunga koʼra:

-avtomobil, havo, temir yoʼl, suv, elektr transporti, metropoliten va transport infratuzilmasi obʼektlari Oʼzbekistonning yagona transport tizimini tashkil etishi;

-avlat organlari va mansabdor shaxslar transport tashkilotlarining xoʼjalik faoliyatiga aralashishga hamda ular xodimlarini boshqa ishlarga jalb etishga haqli emasligi;

Transport vazirligi sohada maxsus vakolatli davlat organi hisoblanishi;

-ransport vositalari muvofiqlik yoki transport vositasi turini maʼqullash sertifikatiga ega boʼlishi va roʼyxatdan oʼtkazilishi;

-xavfsizlik talablariga javob bermaydigan transportlarni Oʼzbekistonga olib kirish, ishlab chiqarish, sotish yoki ulardan foydalanish tartibi belgilandi.

Transport-logistika markazlari ularga har qanday turdagi transportda kirib kelayotgan hamda olib chiqilayotgan yuklarni omborga joylashtirish, saqlash, ularga ishlov berish, qayta ishlash, qadoqlash va taqsimlash boʼyicha xizmatlar koʼrsatadi.

Vakolatli organlar vokzalda, aerovokzalda, aeroportda, metropolitenda va avtostantsiyaga kirish joyida transport vositasini, bagajni, yuk bagajini va yukni, yoʼlovchilarni va boshqa shaxslarni koʼzdan kechirishdan oʼtkazishi mumkin.

Transport tashkilotlari va tashuvchilar faoliyati transport harakatlanishi bilan bogʼliq boʼlgan hamda mehnat sharoitlari oʼta zararli va oʼta ogʼir sharoitlarda band boʼlgan xodimlarning dastlabki hamda davriy tibbiy koʼriklardan oʼtkazilishini tashkil etishi shart.

 

Mazkur Qonun rasman e`lon qilingan kundan 3 oy o`tgandan so`ng kuchga kiradi.