Respublikaning tranzit salohiyatini oshirish borasida qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

17.08.2021

Soʼnggi yillarda mamlakatimizda yoʼl-transport infratuzilmasini tubdan yaxshilash, transport qatnovi uchun qulay sharoit yaratish orqali tashqi savdo va tranzit yuklarini tashish uchun samarali xalqaro yoʼnalishlarni rivojlantirish masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Аyni damda mamlakatimiz yoʼl-transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish doirasida Osiyo taraqqiyoti banki ishtirokida А-380 “Gʼuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yoʼlining 964-1204 km (240 km) qismlarini sementobeton qoplamasi bilan rekonstruktsiya qilish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Transport vaziri Ilhom Mahkamov mazkur loyihani amalga oshirish boʼyicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida qurilish maydoniga tashrif buyurdi.

 

Ushbu obʼekt boʼyicha texnik nazoratni amalga oshiruvchi xorijiy konsultant va pudratchi kompaniyalar vakillari bilan boʼlib oʼtgan uchrashuvda yoʼl qurilishi sifatiga alohida ahamiyat qaratish lozimligi taʼkidlandi.
Eslatib oʼtamiz, mazkur loyiha Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 5 martdagi “Osiyo taraqqiyoti banki ishtirokidagi "А-380 "Gʼuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu" avtomobilь yoʼlining 964-1204 km (240 km) qismini rekonstruktsiya qilish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlar toʼgʼrisida"gi 124-sonli qaroriga asosan amalga oshirilmoqda.