Yangi avtostantsiya yoʼlovchilar xizmatida

09.09.2021

Soʼngi yillarda yurtimizda yoʼlovchilar uzogʼini yaqin qilish, ularga sifatli transport xizmati koʼrsatish asosiy ustuvor vazifa sifatida belgilanib, bu masalaga Hukumat darajasida eʼtibor qaratib kelinmoqda.
Xususan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatga amalga oshiradigan har galgi tashrifi davomida yangi yoʼlovchi tashish yoʼnalishlari ochish, yoʼlovchilar uchun qulay boʼlgan xizmat koʼrsatilishini taʼminlash maqsadida avtoshox bekatlar qurish boʼyicha alohida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2021 yil 21-22 yanvarь kunlari viloyatga amalga oshirilgan tashrifi davomida Vobkent tumanida zamonaviy avtostantsiya qurish topshirigʼi berilgan edi. Ushbu topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida olib borilgan amaliy chora-tadbirlar natijasida qisqa muddat ichida "Quruvchi Qoʼngʼirot" masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan avtostantsiya qurib, foydalanishga topshirildi.

Bugun Vobkent tumanida yangi Vobkent avtostantsiyasining ochilish marosimi boʼlib oʼtdi. Unda viloyat transport boshqarmasi boshligʼi А.Berdiev, tuman hokimi F.Umarov va mutasaddi tashkilot rahbarlari shuningdek, tuman faollari ishtirok etishdi.

Tadbir ishtirokchilari tumanda yangidan qad rostlagan avtostantsiyada yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Аvtostantsiya bir vaqtning oʼzida 300 dan ortiq yoʼlovchiga xizmat koʼrsatish imkoniga ega, bundan tashqari yoʼlovchilar kutish zali, "Ona va bola" hamda "Tibbiyot" xonalari tashkil etilgan.
Аvtostantsiya ishga tushirilishi bilan tuman aholisiga namunali xizmat koʼrsatilishi bilan birga tumandagi aholi punktlariga, tumanlarga, viloyat markaziga hamda poytaxt Toshkent shahriga va respublikaning boshqa yirik markazlariga qatnovlarni shu yerning oʼzidan amalga oshirish imkoni yaratildi. Bundan tashqari avto shox bekatda 20 ga yaqin ishchining doimiy bandligi taʼminlanadi.
Eʼtiborli tomoni, yil yakuniga qadar Buxoro shahrida Toʼqimachi, Buxoro tumanida Madaniyat va Olot tumanida Olot avtoshox bekatlarni qurib foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.