Olotda yangi oxirgi toʼxtash bekati qurilmoqda.

09.09.2021

Viloyatimizning olis hududlari aholisi yashash sharoitini yaxshilash, ularning turmush darajasini oshirish maqsadida ishlar mahallabay tarzida aniq belgilangan chora-tadbirlar asosida olib borilmoqda. Har bir soha boʼyicha aholi muammolari oʼrganilib, qisqa muddatlarda ularga yechim topish boʼyicha zaruriy choralar koʼrib borilmoqda. Jumladan, boshqarma tomonidan olis Olot tumanida aholiga koʼrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirishga alohida eʼtibor qaratilib, ishlar tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturi asosida olib borilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21-22 yanvarь kunlari viloyatimizga tashrifi davomida Olot tumanida zamonaviy oxirgi toʼxtash bekati qurish topshirigʼi berilgan edi. Transport vazirligining mablagʼlari hisobidan bir vaqtning kamida 150 nafar yoʼlovchiga xizmat koʼrsatish imkoniga ega boʼlgan oxirgi toʼxtash bekati qurilishi uchun tumanning Olot shox koʼchasidan yer maydoni ajratilib, belgilangan loyiha asosida qurilish ishlari boshlab yuborildi.

 

Hozirgi kunda bekat qurilishi uchun tamal toshi qoʼyilib, dastlabki qurilish ishlari olib borilmoqda.

  

 Bekat qurilib, ishga tushirilishi bilan tuman aholisiga namunali xizmat koʼrsatilishi bilan birga tumandagi aholi punktlariga, qoʼshni tumanlarga, viloyat markaziga hamda poytaxt Toshkent shahriga va respublikaning boshqa yirik markazlariga qatnovlarni shu yerning oʼzidan amalga oshirish imkoni yaratiladi. Bundan tashqari qurilish ishlari yakunlanishi bilan qoʼshimcha ish oʼrinlari yaratilib, aholining bandligi taʼminlanadi.