Tungi vaqtlarda viloyatlararo yo`nalishlarda yo‘lovchi tashish doimiy nazoratga olingan.

14.09.2021

Shaharlararo va viloyatlararo yo`nalishlarda avtobuslarda yo‘lovchilarni tungi vaqtlarda tashishda xavfsizlik darajasini yo`lovchilar xavfsizligini ta`minlashda asosiy omil hisoblanadi. Avtobus haydovchilarining mehnat va dam olish rejimini nazorat qilish qurilmalari (taxograf) hamda yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatish uchun tegishli hujjatlari mavjud bo‘lgan (tender guvohnomasi va litsenziya) hollardagina shaharlararo-viloyatlararo yo`nalishlarda yo`lovchi tashish mumkin. 

Bugungi kunda ushbu qoidalarga qay tarzda amal qilinmoqda? Shaharlararo va viloyatlararo  yo‘nalishlarda harakatlanuvchi avtobuslar harakati boshqarma hamda viloyat IIB YHXB tomonidan doimiy ravishda nazorat qilib borilmoqda.
Tadbirlar davomida boshqarma inspektorlari tomonidan litsenziya talab va shartlarini, tender kontrakti shartlarini bajarilishi nazoratga olingan. Avtobuslarda taxograf, tender guvohnomasi, litsenziya varaqasi mavjudligiga, yo‘lga chiqishdan oldin avtotransport vositasi texnik holati tekshirilganligi va haydovchining tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi haqidagi qaydlar mavjudligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

                                         

Shuningdek, tadbirlar davomida litsenziya talab va shartlarini buzish holatlari aniqlanganda “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarida tekshirishlar o‘tkazish borasidagi faoliyatiga “xavfni tahlil etish” tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablaridan kelib chiqib, tegishli tartibda boyonnomalar rasmiylashtirilmoqda.