AVTOMOBIL TRANSPORTIDA LITSENZIYASIZ YO`LOVCHI TASHISH QONUNGA XILOF.

23.09.2021

Buxoro viloyati transport boshqarmasi hamda viloyat IIB YHXB inspektorlari hamkorlikda joylarda noqonuniy yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar o‘rtasida tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Biroq, olib borilgan tushuntirish ishlariga qaramasdan, hanuz litsenziyasiz yo`lovchi tashish holatlari uchrab turibdi.
Agar statistik ma’lumotlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, viloyat IIB YHXB bilan hamkorlikda joriy yil sentabr oyining shu kuniga qadar noqonuniy yo‘lovchi tashishning oldini olish maqsadida 38 marotaba qo`shma reyd tadbirlari o‘tkazilib, aniqlangan huquqbuzarliklar natijasida 198 ta bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy baho berish uchun Sud organlariga yuborildi. Natijada, bir qancha haydovchi o‘z xohishiga ko‘ra faoliyatini qonuniy tarzda davom ettirish maqsadida litsenziya olib, Sud organlari tomonidan ma`muriy javobgarlikdan ozod etildi. Bu kabi tadbirlarni o`tkazishdan asosiy maqsad haydovchilarni jarimaga tortish emas, aksincha ularning qonun talablari asosida faoliyat olib borishini ta`minlashdan iborat. Targ‘ibot tadbirlari butun viloyat miqyosida keng yo‘lga qo‘yilgan. 
Hurmatli haydovchilar! Noqonuniy avtomobil transportida lisenziyasiz yo`lovchi tashish qonunga xilof ekanligini unutmang!