SHAHAR YO‘LOVCHILAR TRANSPORTIDA BEPUL YURISH HUQUQINI BERUVCHI YAGONA GUVOHNOMALARNI RASMIYLASHTIRISH TARTIBI

04.10.2021

«Shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, quyidagi shaxslar shahar yo‘lovchilar transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega:
- 1941–1945 yillardagi urush qatnashchilari jumlasidan bo‘lmish harbiy xizmatchilar;
- 1941–1945 yillardagi urush nogironlari va urushning I guruh nogironiga hamrohlik qiluvchi shaxs;
- 1941–1945 yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar;
- Afg‘oniston Respublikasida va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi jangchilar jumlasidan bo‘lmish fuqarolar;
- haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar;
- Chernobl AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar;
- ko‘zi ojiz nogironlar (faqat I guruh) va ko‘zi ojiz nogironga hamrohlik qiluvchi shaxs.

Ushbu toifadagi shaxslarga shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni amalga oshirish uchun Buxoro viloyati Transport boshqarmasi tomonidan yagona namunadagi guvohnomalar taqdim etiladi. Guvohnomalar olish uchun fuqarolarga boshqarmaga fuqarolik pasporti hamda mazkur toifaga kirishini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlilari so‘raladi.

Manzil: Buxoro shahar, Oq-Machit ko`chasi, 1-uy. Tel: 65-228-48-90.
Ish vaqti: Dushanba-juma kunlari 09:00 dan 18:00 gacha (13:00 dan 14:00 ga qadar tushlik vaqti)