Yoʼlovchi avtovokzallariga (avtostantsiyalariga) qoʼyiladigan talablar belgilandi.

07.10.2021

Oʼzbekiston Respublikasi Transport vazirining "Yoʼlovchi avtovokzallari va yoʼlovchi avtostantsiyalari toʼgʼrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida"gi buyrugʼi Аdliya vazirligida roʼyxatdan oʼtkazildi (Roʼyxatdan oʼtkazish sanasi 06.10.2021 yildagi 3323-sonli).

Nizomga asosan, avtovokzal (avtostantsiyalar) toʼgʼrisidagi umumiy tushunchalar, ularga qoʼyiladigan talablar, asosiy vazifalari, avtovokzallar (avtostantsiyalar) axborot xizmatlarini tashkil etish kabi ustuvor vazifalar belgilandi.

Avtovokzal kategoriyasi va klassini hisobga olgan holda uning hududida quyidagilarni joylashtirish lozimligi belgilandi:

-yo`lovchilar kutishi uchun mo`ljallangan binolar va xonalar;

-chipta kassalari;

-yosh bolali yo`lovchilarga mo`ljallangan xonalar;

-haydovchilar va yo`lovchilarning uzoq vaqt dam olishiga mo`ljallangan xonalar;

-ma`muriyat xonasi;

-umumiy ovqatlanish shaxobchalari;

-tibbiy punktlar;

-qo`l yukini saqlash xonalari;

-yo`lovchilar xavfsizligini ta`minlash uchun monitor orqali kuzatish qurilmalari o`rnatilgan xonalar;

-yo`lovchilarni chiqarish va tushirish perronlari;

-texnik ko`rikdan o`tkazish va avtotransport vositalari salonlarini tozalash postlari;

-avtovokzal (avtostansiya) hududi bo`ylab hamda chiqarish va tushirish perronlarida nogironligi bo`lgan shaxslarning o`rindiqli aravachalari uchun mo`ljallangan yo`llar;

-nogironligi bo`lgan shaxslarni o`rindiqli aravachalar bilan chiqarish va tushirish uchun mo`ljallangan joylar;