Viloyatda 2021-2022 yillar davomida 16-ta yangi avtobus yo`nalishlari tashkil etiladi.

11.10.2021

 Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.10.2021 yildagi “Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish toʼgʼrisida”gi 630-son Qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga asosan Respublika boʼylab 2021-2022 yillarda qishloqni tuman markazi bilan, tuman markazini viloyat markazi bilan bogʼlaydigan jami 310 ta yangi avtobus yoʼnalishlari (shundan shahar – 60 ta, shahar atrofi – 193 ta, shaharlararo (viloyat ichida) tashkil etiladi.

 2021-2022 yillarda Buxoro viloyati boʼyicha 4-ta shahar, 7-ta shahar atrofi va 5-ta shaharlararo viloyat ichi, jami 16-ta avtobus yo`nalishlari tashkil etilishi beilgilandi. 

Tijorat asosida yoʼlovchilar tashish xizmatini koʼrsatadigan va bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) boʼlgan yuridik shaxslar (tashuvchilar) tomonidan shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yoʼnalishida koʼriladigan zarar miqdori 30 foizgacha (30 foiz ham shu jumlaga kiradi) boʼlgan yoʼnalish norentabel avtobus yoʼnalishi boʼlib hisobga olinadi, (Toshkent shahri bundan mustasno).

Qarorga koʼra, Tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlash davlat jamgʼarmasi tomonidan:

tijorat banklarining yangilash paramertlari doirasida avtobus va mikroavtobus xaridi uchun ajratiladigan kreditlar boʼyicha kredit summasining 50 foizigacha (50 foiz ham shu jumlaga kiradi), biroq 8 mlrd soʼmdan ortiq boʼlmagan miqdorda kafillik beriladi;

tashuvchilarga ajratilgan kredit foiz stavkasining 5 foizdan ortiq boʼlmagan qismi qoplab beriladi.

Tashuvchilarga norentabel yoʼnalishlardan ko`riladigan zararlarni qoplash bo`yicha boʼyicha tegishli hududiy komissiyalar tashkil etilib, ko`rilgan zarar bo`yicha subsidiyalar  ajratiladi. 

Bundan tashqari mavjud avtobus bekatlari xatlovdan o`tkazilib, yangi quriladigan bekatlar dislokasiyasi tasdiqlanadi hamda ularga qo`yiladigan talablar belgilanadi.