Global prognozlash tizimi (GPS) - monitoring nima va nima uchun bizga kerak?

20.10.2021

“GPS” kuzatuv tizimi kamida ikkita muhim komponentlardan – “GPS“ izlovchining oʼzi va uning dasturiy taʼminotidan iborat.

“GPS” kuzatuvchisi avtomobilga oʼrnatilgandan soʼng, u sunʼiy yoʼldosh yordamida koordinatalarni aniqlaydi va maʼlumotlarni maxsus himoyalangan serverga uzatadi. Dasturiy taʼminot esa - ushbu qabul qilib olingan maʼlumotlarni qayta ishlab, transport joylashgan manzil koordinatsiyalarini xaritaga chiqarish hamda maʼlum vaqt davomida bosib oʼtilgan yoʼnalishni koʼrsatish vazifasini bajaradi.
“GPS” tizimi orqali yoʼnalish va manzilni aniqlashdan tashqari, bekatlar, bosib oʼtilgan masofa, yoqilgʼi sarfi (yonilgʼi quyish va yonilgʼini toʼkib olish), shuningdek, transport vositasi belgilangan yoʼnalishdan chiqib ketganligi toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni olish mumkin.
Bunday tizim, barcha transport vositalarini onlayn kuzatib borish, ish jarayonlarini takomillashtirish, shu bilan birga yoqilgʼi sarfini va qatnovlar jarayonini toʼliq nazorat qilish yordamida xizmat vazifasini suistemol qilayotgan haydovchilarga chek qoʼyish imkonini beradi.
Transport korxonalarining eng muhim moliyaviy harajatlaridan biri bu - yoqilgʼi harajatlaridir. Xarajatlarni kamaytirish orqali daromadni oʼsishiga ijobiy taʼsir koʼrsatgani uchun yetakchi transport korxonalari oʼz transport vositalarini “GPS“ monitoring tizimi bilan jihozlagan.
Bugungi kunga kelib, bunday tizim ancha arzon va hamyonbob boʼlib, tizimni joriy etilishi nafaqat xizmat vazifasini suistemol qilayotgan haydovchilarga barham berish, balki yoqilgʼi tejashga hamda xodimlarni oylik maoshini oshirib, halol ishlashga undaydi.
Transport vositasida “GPS“- moslamasi boʼlmagan taqdirda haydovchining haqiqiy yoʼnalishda jadvalga toʼliq amal qilib harakatlanayotganligini bilish imkoni mavjud bo`lmaydi. Shu sababli, haydovchi transportdan oʼz maqsadlarida foydalanish ehtimoli katta. “GPS“ kuzatuv tizimini joriy etish orqali bunga barham berish mumkin.
“GPS“ monitoring tizimi ish jarayonlarini takomillashtirishda dolzarb maʼlumotlarni olish imkonini beradi:
1. Tezlikni inobatga olgan holda yoqilgʼi nazorati, yoʼl holati toʼgʼrisidagi aniq va dolzarb hisobotlar.
2. Аvtotransport vositasining batafsil hisobot tizimi (toʼxtash joylari, tezlik chegaralari, tezlik oshirilganligi haqidagi maʼlumotlar).
3. Yoqilgʼi quyish va yoqilgʼi toʼkib olish manzili, sanasi hamda vaqti batafsil jadvallar koʼrinishida yaratilganligi.
4. Koʼrsatkichlarni onlayn vaqtda kuzatish (yoqilgʼi sarfi sensori, refrijerator harorati, dvigatel harorati, beton qorishtirgich uzellari va boshqalar).