Avtobuslar harakat yo`nalishiga o`zgartirishlar kiritiladi

09.11.2021

DIQQАT E`LON.
Buxoro shahrida Gʼijduvon koʼchasining Gazli shox koʼchasi kesishmasidan Ibn Sino shox koʼchasi kesishmasigacha hamda I.Karimov koʼchasining Gazli shox koʼchasi kesishmasidan Ibn Sino shox koʼchasi kesishmasigacha boʼlgan qismida yoʼl taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ushbu koʼchalarda transport vositalari harakati cheklanishi sababli 7, 9, 17, 25, 37 va 53-sonli avtobus yoʼnalishlari suratdagi koʼchalardan harakatini davom ettirishini maʼlum qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʼraymiz.