Viloyat transport tizimida koʼchat oʼtqazish tadbirlari oʼtkazilmoqda.

09.11.2021

Joriy yil 2 noyabr kuni Prezidentimiz raisligida oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlariga belgilangan edi. Ushbu loyiha doirasida 200 million tup daraxt va buta koʼchatlarini ekish va shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish yuzasidan 2 noyabrdan 10 dekabrga qadar daraxt ekish boʼyicha "Dolzarb 40 kunlik" eʼlon qilindi.
Viloyat transport tizimida ham ushbu xayrli “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish borasida Buxoro viloyat hokimligi tomonidan berilgan topshiriqqa asosan daraxt ekish aktsiyasi boshlandi.

 

Tadbir doirasida 200 tupdan ortiq manzarali mojjevelьnik, sosna hamda mevali olma, shaftoli nihollari oʼtqazildi.

Tadbirlar doirasida olib borilayotgan ishlar shu bilan nihoyalanibgina qolmasdan, viloyatimizda barqaror ekologik muhitni saqlab qolish maqsadida ushbu kuz-bahor mavsumida tizim va barcha avtotransport korxonalari hududlarida kichik "Transportchilar bogʼ"larini tashkil etiladi hamda koʼchat oʼtkazish ishlarini davom ettiriladi.