"Buxoro-Toshkent" yo`nalishida yangi olib kelingan Afrosiyob poezdi harakatlanadi.

12.11.2021

Yoʼlovchilarning zamonaviy poezdlarga boʼlgan talabini toʼla qondirish, bundan tashqari ichki turizmni rivojlantirishda qoʼshimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ tomonidan 2021 yil 13 noyabrdan boshlab haftaning shanba, yakshanba kunlari “Toshkent-Buxoro-Toshkent” yoʼnalishida 770/769-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdlarining qatnovi yoʼlga qoʼyiladi.
Harakat jadvaliga koʼra shanba va yakshanba kunlari ertalab soat 09:02 da Toshkent markaziy temir yoʼl vokzalidan harakatini amalga oshiradigan 770-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdi Samarqand, Navoiy temir yoʼl vokzallarida ham toʼxtab oʼtib, soat 12:47 da Buxoro 1 temir yoʼl vokzaliga yetib keladi.
Shuningdek, 769-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdi ushbu kunlarda soat 15:02 da Buxoro 1 temir yoʼl vokzalidan harakatini amalga oshirib, soat 18:50 da Toshkent markaziy temir yoʼl vokzaliga etib boradi.
Bugungi kunda qatnovini amalga oshirayotgan “Afrosiyob” zamonaviy poezdlari esa oʼz harakat jadvali boʼyicha harakatlanadi.