Аvtomobil transportida litsenziyasiz yoʼlovchi tashish uchun javobgarlik choralari yengillashtiriladi.

01.12.2021

Oʼzbekiston Respublikasining 2021 yil 30 noyabrdagi "Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun maʼmuriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish haqida"gi OʼRQ-734-son Qonuni qabul qilindi.

Qonunga asosan:

-haydovchilar transportni boshqarishda telefondan quloqchinlar orqali va qo‘llarini ishlatmasdan gaplashish imkonini beradigan uskunalar orqali foydalanishi mumkinligi;
- haydovchilar belgilangan tezlikni oshirib yuborganida qayd etilgan tezlikdan 5 km chegirib tashlab jazo qo‘llanilishi;
- Haydovchi yonida pasporti yoki ID-kartasi bo‘lganida transportni boshqarish, ro‘yxatdan o‘tkazganlikka oid hujjatlarni, ishonchnomani, sug‘urtani yonida olib yurishi talab etilmasligi; (mazkur tartib 2022 yil 1 martdan kuchga kiradi).
- Shuningdek, transport salonining old qismiga monitor (displey) o‘rnatganlik uchun javobgarlik bekor qilindi.
Bundan tashqari, avtomobil transportida yo‘lovchilarni litsenziyasiz tashish uchun fuqarolarga – BHMning 7 barobari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa - BHMning 30 barobari etib belgilandi (ilgari BHMning 20 baravaridan 100 baravarigacha edi).

Ushbu Qonun rasman e’lon qilingandan kundan kuchga kiradi.