Buyuk Britaniyaga sayohat qilishni rejalashtirayotgan yo'lovchilar uchun
2021-yil 7-dekabrdan SARS-CoV-2’ning yangi «omikron» shtammi paydo bo‘lishi munosabati bilan Buyuk Britaniya hukumati mamlakatga kirish qoidalariga o’zgartirishlar kiritdi.
⠀
Mavjud qoidalarga quyidagi qo'shimcha qoidalar kiritildi:
12 yoshdan oshgan barcha yo'lovchilar, emlash holatidan qat'iy nazar, Buyuk Britaniyaga kelishdan kamida 48 soat oldin o'tkazilgan PZR-testining salbiy natijasini taqdim etgan taqdirdagina mamlakatga kirishlari mumkin;
Buyuk Britaniyaga kelgandan keyin ikkinchi kuni PZR-testini qayta topshirish majburiydir.
Fuqarolarining Buyuk Britaniyaga kirish tartib - qoidalari bo'yicha batafsil ma'lumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.