Urganch, Nukus, Buxoro, Termiz, Namangan va Qarshiga qo‘shimcha aviaqatnovlar

29.12.2021

Yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, shuningdek, talabalardan kelib tushayotgan talab va takliflarni inobatga olgan holda “Uzbekistan Airways” AJ qator yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi.

Xususan, joriy yilning 27 - dekabridan 30 - dekabriga qadar Toshkentdan Urganch, Nukus, Buxoro, Termiz, Namangan va Qarshiga qo‘shimcha aviaqatnovlar amalga oshiriladi.

Batafsil: www.uzairways.com

Ma’lumot uchun telefon: +998 78 140 02 00