Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha «Afrosiyob» qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

05.01.2022

Yo‘lovchilarga yanada ko‘proq qulaylik hamda ichki turizmni rivojlantirishda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2022 - yil 9 - yanvardan boshlab, har haftaning yakshanba kunlari “Samarqand – Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida 767/768 sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlarining qatnovini yo‘lga qo‘yadi.

Harakat jadvaliga ko‘ra 767-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi yakshanba kunlari soat 10:50 da “Samarqand – Toshkent” yo‘nalishida, 768-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi esa shu kuni soat 13:40 da “Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida qatnovini amalga oshiradi.

Shu bois amaldagi “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlarining harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritiladi.

Unga ko‘ra bugungi kunda soat 08.30 da “Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida harkatini amalga oshirayotgan 764-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi 2022-yil 9 - yanvardan boshlab, soat 07:00 da Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan qatnovini amalga oshiradi.

Har kuni soat 17:06 da “Samarqand – Toshkent” yo‘nalishida qatnovini amalga oshirayotgan 763-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi esa, ushbu sanadan boshlab soat 16:40 da Samarqand temir yo‘l vokzalidan qatnovini amalga oshiradi.

Bugungi kunda soat 09:02 da “Toshkent – Buxoro” yo‘nalishida qatnovini amalga oshirayotgan 770-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi 2022- yil 9 - yanvardan boshlab, soat 08:30 da Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan harakatini boshlaydi.

Hozirgi kunda soat 15:02 da Buxoro – Toshkent yo‘nalishida qatnovini amalga oshirayotgan 769-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi esa ushbu sanadan boshlab, soat 15:27 da Buxoro temir yo‘l vokzalidan harakatlanadi.

Shuningdek, soat 15:50 da “Buxoro – Toshkent” yo‘nalishida harakatini boshlaydigan 761-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi mazkur sanadan boshlab, soat 15:52 da Buxoro temir yo‘l vokzalidan qatnovini amalga oshiradi.

Bugungi kunda soat 04:55 da “Buxoro – Toshkent” yo‘nalishida qatnovini amalga oshirayotgan 765-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi esa, 9 - yanvardan boshlab, soat 04:31 da Buxoro temir yo‘l vokzalidan harakatini boshlaydi.

Amaldagi boshqa “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlari o‘z harakat jadvali bo‘yicha harakatlanadi.