“Uzbekistan Airways” AJ Rostov va Krasnodarga parvozlar bekor qilinganini ma’lum qildi

25.02.2022

Rossiya Federatsiyasining Rostov Don (Platov) va Krasnodar shaharlari xalqaro aeroportlarining faoliyati vaqtincha toʻxtatilganligi munosabati bilan, aviakompaniya quyidagi rejalashtirilgan muntazam qatnovlar bekor qilinganligini ma’lum qiladi:

HY-9647/9648 Toshkent-Rostov-na-Donu-Toshkent yoʻnalishida 25, 27 - fevral va 2-mart kunlari;

HY-9687/9688 Toshkent-Krasnodar-Toshkent yoʻnalishida 27 - fevral va 1- mart kunlari;

HY-3687/3688 Toshkent-Krasnodar-Toshkent yoʻnalishida 2 - mart kuni.

Bekor boʻlgan parvozlar yoʻlovchilari aviachiptalarining toʻliq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki parvozlar qayta tiklanganidan keyin boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar.