Moskva va Sankt-Peterburgga qoʻshimcha aviaqatnovlar.

10.03.2022

Yo‘lovchilar orasida talab ortishi munosabati bilan «Uzbekistan Airways» AJ Toshkent – Moskva – Toshkent va Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi.

Toshkent – Moskva – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnovlar 9-martdan 14-martgacha, Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 2022-yilning 11, 13 va 14-mart kunlari amalga oshiriladi.

Aviachiptalarni www.uzairways.com rasmiy saytida, Uzbekistan Airways Sales filialida va aviakompaniyaning agentlaridan xarid qilish mumkin.

Ma’lumot uchun telefon: +998 78 140 02 00