Toshkentdan Qozon va Novosibirsk shaharlariga qo‘shimcha aviaqatnovlar

14.03.2022

Yo‘lovchilar orasida talab ortishi munosabati bilan «Uzbekistan Airways» AJ Toshkent – Qozon – Toshkent va Toshkent – Novosibirsk – Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.

Toshkent – Qozon – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnovlar 2022 - yilning 13, 16, 20 va 23 - mart kunlari, Toshkent – Novosibirsk – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 15 va 22 - mart kunlari amalga oshiriladi.

Aviachiptalarni www.uzairways.com rasmiy saytida, Uzbekistan Airways Sales filialida va aviakompaniyaning agentlaridan xarid qilish mumkin.

Ma’lumot uchun telefon: +998 78 140 02 00