Toshkentdan Frankfurtga aviaqatnovlar soni ko‘paytirilmoqda

15.03.2022

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2022 - yil 2 - apreldan Toshkent – Frankfurt – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlar soni oshirilayotgani haqida xabar berdi.

Mazkur yo‘nalishda muntazam aviaqatnovlar haftaning dushanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Aviachiptalarni www.uzairways.сom rasmiy saytida, Uzbekistan Airways Sales filialida va aviakompaniyaning agentlaridan xarid qilish mumkin.


Ma’lumot uchun telefon: +998 78 140 02 00