Transport vaziri Xitoy elchisi bilan uchrashdi

01.04.2022

Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Tszyan Yan xonim bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar transport sohasini rivojlantirish borasidagi o‘zaro hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama etishdi.

Xususan, Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirish, shuningdek, birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali ushbu yo‘nalish bo‘ylab multimodal transport koridorini rivojlantirishni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Bundan tashqari, tomonlar epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda mamlakatlar o‘rtasida aviaqatnovlarni qayta tiklash masalasi yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.