Bir qator xalqaro avtobus yo‘nalishlarida tajriba-sinov tariqasida qatnovlar tiklanish arafasida

01.04.2022

Tojikistonnnig «Xolding Aziya Gurpp Tadjikistan» korxonasi yaqin orada O‘zbekistoning qator shaharlariga tajriba-sinov tariqasida xalqaro avtobus qatnovlarini boshlaydi.

Joriy yilning 2 - aprel kunidan e’tiboran korxona Dushanbe – Termiz, Dushanbe – Denov hamda Panjikent – Samarqand yo‘nalishlarida tajriba-sinov tariqasida qatnovlarni amalga oshiradi.

Dushanbe – Termiz yo‘nalishada qatnov masofasi 251 km bo‘lib, yo‘nalishni bosib o‘tishga 5 soat 40 daqiqa vaqt sarflanadi.

Dushanbe – Denov yo‘nalishi qatnov masofasi 107 km, yo‘nalishga sarflanadigan vaqt 2 soat 25 daqiqani tashkil etadi.

Panjikent – Samarqand yo‘nalishi qatnov masofasi 64 km bo‘lib, yo‘nalishga sarflanadigan vaqt esa 1 soat 25 daqiqa.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida Toshkent – Xo‘jand va Qo‘qon – Xo‘jand yo‘nalishlarida muntazam qatnovlar amalga oshirib kelinmoqda.