YO‘LOVCHILAR DIQQATIGA

05.04.2022

Joriy yilning 15 - mart kuni Respublika maxsus komissiyasining O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish borasida hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha chora-tadbirlarga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida xalqaro yo‘lovchi poyezdlar qatnovlarini hamda avtobus yo‘nalishlarida paritet asosida yo‘lovchi tashish faoliyatini karantin talablariga qat’iy rioya etgan holda qayta tiklanishi ma’lum qilingan edi.

Joriy yilning 16 - mart kuni Olmaota – Toshkent xalqaro avtobus yo‘nalishida ilk texnik qatnov amalga oshirildi. Hamda mazkur texnik qatnov natijasidan kelib chiqib, ommaviy chiptalarni sotish kuni va yo‘lkira tariflari qo‘shimcha ravishda e’lon qilinishi haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek, joriy yilning 1 - aprel sanasidan boshlab Nukus – Beyneu – Nukus yo‘nalishidagi 647/648-sonli poezd qatnovi yo‘lga qo‘yilishi to‘g‘risida ma’lum qilingan edi.

Biroq, epidemiologik vaziyat tufayli Qozog‘iston Respublikasi hududida koronavirus infeksiyasi paydo bo‘lishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha Idoralararo komissiya yig‘ilishi bayonnomasiga muvofiq qo‘shni davlatda karantin cheklovlari joriy etilganligi sababli xalqaro yo‘lovchi poyezdlari va avtobus qatnovlarini boshlash sanasi boshqa muddatga ko‘chirildi.

Ayni damda mamlakatlarimiz o‘rtasida xalqaro yo‘lovchi poyezdlari va muntazam avtobus qatnovlarini qayta tiklash yuzasidan Qozog‘iston Respublikasining tegishli vazirlik va idoralari bilan muzokaralar olib borilmoqda.