DIQQAT TANLOV

06.04.2022

Toshkent shahar transport boshqarmasi taksi xizmati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar orasida Toshkent xalqaro aeroporti hududida taksi xizmatini tashkil etish konsepsiyasini ishlab chiqish va tatbiq etish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Tanlovdan maqsad:

tashilayotgan yo‘lovchilarga qulay imkoniyatlar taqdim etgan holda shaffof narx munosabatini yaratish;

Toshkent xalqaro aeroporti hududida noqonuniy faoliyat yuritayotgan taksilar xizmatiga chek qo‘yish.

Tanlovda ishtirok etish uchun 2022-yil 30-aprelga qadar ariza, g‘oya tasviri va konsepsiyasi TOSHKENT@MINTRANS.UZ elektron pochta manziliga yuborilishi lozim.

Eng kreativ g‘oya tanlov asosida saralanib aeroport hududida tatbiq etiladi.

Ma’lumotlar uchun: +998 71 202-05-01 (327, 204)

Manzil: Toshkent shahri, Glinka ko‘chasi, 25-uy.