Airbus kompaniyasi vakillari Transport universitetiga tashrif buyurdi

16.04.2022

Joriy yilning 14 - aprel kuni mamlakatimizga kelgan “Airbus” kompaniyasi delegatsiyasi vakillari Toshkent davlat transport universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida “Airbus” kompaniyasining ijrochi vitse-prezidenti, Yevropa mintaqaviy hududi bo‘yicha savdo prezidenti Vouter Van Versh Toshkent davlat transport universiteti rektori Odil Abdurahmonov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda “Airbus” kompaniyasi vakillariga universitet tarixi uning faoliyat yo‘nalishlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Bugungi kunda Toshkent davlat universiteti aviatsiya yo‘nalishida xorijiy mamlakatlarning 7 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilib kelayotganligi, “Airbus” kabi yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan kadrlar tayyorlash sohasida o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi muhim yo‘nalishlardan biri ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

Odil Abdurahmonov “Airbus” kompaniyasi vakillarining universitetga tashrifini yuqori baholab, kelgusidagi hamkorlik aloqalarini rivojlanishiga umid bildirdi.

Shuningdek, tashrif davomida “Airbus” kompaniyasi vakillari universitet talabalari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida “Airbus” kompaniyasining ijrochi vitse-prezidenti, Yevropa mintaqaviy hududi bo‘yicha savdo prezidenti Vouter Van Versh kompaniya faoliyati yuzasidan taqdimot o‘tkazdi.