Viloyatga 19 ta yangi mikroavtobus olib kelindi.

19.04.2022

Viloyatda aholiga koʼrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, yoʼlovchilarga qoʼshimcha qulayliklar yaratish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish boʼyicha zarur choralar koʼrilmoqda. Tasdiqlangan "2022-2026 yillarda viloyatda transport tizimini rivojlantirish dasturi"ga asosan, 2022 yilning oʼzida 30 ta mikroavtobus olib kelinishi belgilangan.
Yoʼlovchi tashuvchi korxonalar tomonidan harakat tarkibini yangilagan holda yoʼlovchilarga qulay va xavfsiz xizmat koʼrsatishni tashkil etish masalasiga alohida eʼtibor qaratilib, ushbu dastur doirasida 19 ta yangi mikroavtobuslar olib kelindi.
Xususan, Buxoro shahrida 17 ta, Shofirkon tumanida 2 ta, jami 19 ta mikroavtobuslar tadbirkorlar tomonidan xarid qilindi.
Natijada “Buxoro – Shofirkon”, “Buxoro-Qorovulbozor” yoʼnalishli taksi yoʼnalishlaridagi eskirgan mikroavtobuslar yangilariga almashtirildi.
Yil oxiriga qadar olib kelinadigan avtobus va mikroavtobuslar hisobiga 10 ta yangi yoʼlovchi tashish yoʼnalishlari tashkil etiladi.