Аvtomobil transportida yoʼlovchi va yuk tashish bilan shugʼullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga qoʼyiladigan malaka talablari boʼyicha tushunchalar berildi.

20.04.2022

Bugun, 20-aprel kuni viloyatda avtomobil transportida yoʼlovchi va yuk tashish bilan shugʼullanayotgan avtotransport korxonalari rahbarlari ishtirokida yigʼilish oʼtkazildi. Yigʼilishda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 iyundagi “Аvtomobil transporti sohasida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 399-son Qarori talablari yana bir bor tushuntirilib, Transport vazirligining 2021-yil 13-iyuldagi 127-son buyrug'iga asosan avtomobil transportida yo'lovchilar va yuklarni tashish faoliyati bilan shug'ullanib kelayotgan yuridik shaxslar xodimlarining malaka talablariga muvofiqligi vazirlik tomonidan tasdiqlangan maxsus dastur bo'yicha ushbu xodimlarning kamida har uch yilda bir marta o'z malakasini oshirganligi to'g'risida berilgan malaka sertifikatiga muvofiq aniqlanishi hamda avtomobil transportida yo'lovchi va yuklarni tashish ushbu sohada kamida uch yil ish stajiga, avtomobil yoki texnik yo'nalishda oliy kasbiy ma'lumotga va malaka sertifikatiga ega xodimi mavjud bo'lgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi belgilanganligi yana bir bor eslatib o'tildi. 
Mazkur hujjatning ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 1-may kunidan malaka sertifikatiga ega xodimi mavjud bo'lmagan yoki sertifikatining amal qilish muddati tugagan yuridik shaxslarning lisenziya/lisenziya varaqalari rasmiylashtirish imkoniyatlari tizim orqali cheklanishi, shuning uchun korxona rahbarlaridan xodimlarda mavjud malaka sertifikatlarini Transport vazirligi qoshidagi Avtomobil transporti xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida ro'yxatdan o'tkazish yoki malaka sertifikati mavjud bo'lmagan taqdirda, malaka sertifikati bilan ta'minlash lozimligi to`g`risida tushuntirishlar berildi.