Diqqat e'lon!

21.04.2022

O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni 29-moddasi, “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni 21-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi “Avtomobil transporti sohasida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar xodimlarining bilimi, malaka darajasi va kasbiy mahorati malaka talablariga muvofiqligi Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus dastur bo‘yicha ushbu xodimlarning kamida har uch yilda bir marta o‘z malakasini oshirganligi to‘g‘risida berilgan malaka sertifikatiga muvofiq aniqlanishi hamda yo‘lovchi va yuklarni avtomobil transportida tashish ushbu sohada kamida uch yil ish stajiga, avtomobil yoki texnik yo‘nalishda oliy kasbiy ma’lumotga va malaka sertifikatiga ega xodimi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Mazkur normativ hujjatlarning ijrosini ta’minlash maqsadiday Transport vazirligi tomonidan 1-may kunidan malaka sertifikatiga ega xodimi mavjud bo‘lmagan va sertifikatining amal qilish muddati tugagan yuridik shaxslar tomonidan litsenziya va litsenziya varaqalarini rasmiylashtirib olish imkoniyatlari tizim orqali cheklanishini bildiramiz.

Yuqoridagilarni inobatga olib, mavjud malaka sertifikatlarini O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi qoshidagi Avtomobil transporti xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida ((71)231-12-67; +99895-169-44-43; (95)196-44-43. Faks/tel: (71)231-12-68) ro‘yxatdan o‘tkazishi yoki o‘z xodimlaringizni malaka sertifikati bilan ta’minlashingiz tavsiya etiladi.