Ramazon hayiti munosabati bilan Uzbekistan Airways qo‘shimcha aviaqatnovlarni amalga oshiradi

uqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida hamda Ramazon hayiti kunlarida aviachiptalarga talabning yuqoriligi munosabati bilan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2022 - yil 1 - maydan 5 - maygacha Buxoro, Urganch, Farg‘ona va Namanganga qo‘shimcha aviaqatnovlarni bajaradi.
Qo‘shimcha qatnovlar quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
1 may
HY-023 Toshkent – Buxoro 19:30 / 20:40
HY-024 Buxoro – Toshkent 21:40 / 22:40
4 may
HY-021 Toshkent – Buxoro 07:35 / 08:45
HY-022 Buxoro – Toshkent 09:45 / 10:45
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan www.uzairways.com, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.
Ma’lumot uchun telefon: +998 78 140 02 00