11-12 may kunlari Xorazmda Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar transport vazirlarining yigʼilishi boʼlib oʼtadi.

11.05.2022

Mazkur tadbir davomida transport sohasidagi oʼzaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirish, transport koridorlarini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish, ushbu yoʼnalishda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bilan bogʼliq jihatlar muhokama etiladi.

Xususan, mintaqaviy transport-tranzit salohiyatini rivojlantirish ShHT davlatlarining barqaror iqtisodiy oʼsishining muhim omillaridan biri ekanligini inobatga olgan holda keng qamrovli va yaxlit transport tizimini tashkil etish, sohaga zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, yuk tashuvlar hajmini oshirish transport kommunikatsiyalarini takomillashtirish borasida yagona qarash va yondashuvlarni shakllantirish masalalari koʼrib chiqiladi.