Toshkent davlat transport universiteti va Istanbul Аydin universiteti o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

24.05.2022

Toshkent davlat transport universitetiga Istanbul Аydin universiteti taʼsischisi va direktorlar kengashi raisi doktor Mustafa Аydin boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Universitet rahbariyati oʼrtasida boʼlib oʼtgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yoʼlga qoʼyish masalalari koʼrib chiqildi.

Xususan, tomonlar talabalar almashinuvi, yozgi taʼlim dasturlari, fakulьtetlar oʼrtasida qisqa va uzoq muddatli tashriflar almashinuvi, tadqiqot loyihalari, qoʼshma seminarlar, konferentsiyalar tashkil etish yuzasidan fikr almashdi.

Uchrashuv davomida doktor Mustafa Аydinga Toshkent davlat transport universiteti faxriy doktori unvoni berildi.

Toshkent davlat transport universiteti hamda Istanbul Аydin universiteti oʼrtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.