DIQQAT TENDER!

24.05.2022

2022-yil 20-iyun kuni viloyat hududidagi shahar, shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha quyidagi yo`lovchi tashish yo`nalishlarida elektron tarzda OCHIQ TENDER O‘TKAZILADI.

1 356 "Buxoro-Gala Osiyo" Avtobus
2 357 "Buxoro-S.Yodgorov" Avtobus
3 364 "Buxoro-Losha" Avtobus
4 365 "Buxoro-Bog'idasht" Avtobus
5 366 "Buxoro-F.Alloyev" Avtobus
6 375 "Aholi shaharchasi-Xumin" Avtobus
7 384 "Buxoro-O.Ubaydov" Avtobus
8 406 "Aholi shaharchasi-O'rta Rabot" Avtobus
9 408 "Buxoro-Imomqozixon" Avtobus
10 437 "Yangi Turmush-Buxoro" Avtobus
11 363 "Markaziy bozor-Qavola Maxmud" Avtobus
12 368 "Buxoro-Bog'i Kalon" Avtobus
13 201 "Karvon buyum bozori-Ko'chko'mar" Yo'nalishli taksi
14 216 "Buxoro-Yangiobod" Yo'nalishli taksi
15 221 "Chor-Bakr bosh bekati-F.Alloyev" Yo'nalishli taksi
16 222 "Gala Osiyo-Chor-Bakr bosh bekati" Yo'nalishli taksi
17 247 "Chor-Bakr bosh bekati-Amirobod" Yo'nalishli taksi
18 330 "Imomqozixon-Buxoro ASHB" Yo'nalishli taksi
19 344 "Xitoyon-Buxoro ASHB" Yo'nalishli taksi
20 444 "Chor-Bakr bosh bekati-Turkon-Issiq suv sanatoriyasi" Yo'nalishli taksi
21 277 "Gala Osiyo-Saxovat" Yo'nalishli taksi
22 283 "Gala Osiyo-So'fikorgar" Yo'nalishli taksi
23 284 "Gala Osiyo-Bog'i Kalon" Yo'nalishli taksi
24 285 "Gala Osiyo-Kobdun" Yo'nalishli taksi
25 286 "Gala Osiyo-Arabxona" Yo'nalishli taksi
26 287 "Gala Osiyo-Ko'chko'mar" Yo'nalishli taksi
27 343 "Gala Osiyo-Bo'lamaxo'ron" Yo'nalishli taksi
28 338 "Gala Osiyo-Romitan-Peshko'" Yo'nalishli taksi


Viloyatdagi shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlarO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq  faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “SHahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:

  -Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

   -Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

 Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida eъlon berish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan keyin qabul qilinmaydi hamda Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

 Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Buxoro viloyat Transport boshqarmasi.

 Malumot uchun telefon: (+99871)  202-05-01(703), 99-352-20-48.