Yuk tashish xizmatlarini koʼrsatish boʼyicha elektron platforma ishga tushirildi.

06.06.2022

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 dekabrdagi "Tovar-xom ashyo birjalarida fьchers savdolarini joriy qilish hamda mahsulotlarni avtotransportda tashish xizmatlarining elektron logistika savdo portalini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi 777-son qarori asosida yuk tashish boʼyicha shartnomalar tuzishni savdolarning shaffof va raqobat tamoyillariga asoslangan holda elektron raqamli imzo orqali amalga oshirish maqsadida e-logistika.uzex.uz elektron logistika xizmati portali tashkil etildi.
Mazkur platformada mahsulotlarni elektron logistika savdo portali orqali yetkazib berish 7-bosqichli tizim asosida shaffof tarzda amalga oshiriladi. Barcha jarayonlar elektron raqamli imzo orqali tasdiqlanadi.
1-bosqichda yuk egasi tomonidan onlayn rejimdaportalga eʼlon joylashtiriladi
2-bosqichda yuk tashuvchilar HKKPdagi hisobvaragʼiga avans toʼlovlarini oʼtkazadi
3-bosqichda yuk tashuvchilar portalga joylashtirilgan eʼlon boʼyicha taklif beradi
4-bosqichda elektron tizim avtomatik tarzda yuk egasiga tushgan takliflar oshkor qiladi. Bunda, yuk tashuvchilar toʼgʼrisida maʼlumotlar va ularning narxlari koʼrsatilmaydi
5-bosqichda yuk egasi yuk tashuvchilardan tushgan takliflar ichidan maqbullarini tanlaydi*
6-bosqichda maqbul takliflar ichidan eng arzon narx taklif etgan yuk tashuvchi gʼolib deb eʼtirof qilinadi va shartnoma shakllantiriladi
7-bosqichda avtomatik ravishda gʼolib deb topilmagan yuk tashuvchilarga avans toʼlovlari qaytariladi.
Viloyatda yuk tashish bilan shugʼullanuvchi avtotransport korxonalari va yakka tartibdagi tadbirkorlarga mazkur platforma imkoniyatlaridan keng foydalanish taklif etiladi.