Buxoro-Istanbul aviayoʼnalishida muntazam qatnovlar yoʼlga qoʼyildi.

09.06.2022

7 iyun kuni "Turkish airlanes" aviakompnaiyasiga tegishli Airbus А-321 NEO samalyoti Buxoro-Istanbul yoʼnalishida birinchi muntzam aviaqatnovni amalga oshirib, Buxoro xalqaro aeroportiga qoʼndi.
Shu munosabat aeroportda tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbirda Turkiyaning Oʼzbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi, "Turkish airlanes" aviakompaniyasi vitse-prezidenti, "Oʼzaviatsiya" agentligi boshligʼi Tohir Nazarov va boshqa yuksak martabali mehmonlar ishtirok etdi.

Ushbu yoʼnalishda qatnovlar Buxorodan haftaning chorshanba va yakshanba kunlari, Istanbuldan seshanba va shanba kunlari Airbus А-321 NEO samalyotlarida amalga oshiriladi.