O‘zbekiston va Vetnam o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

13.06.2022

10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov Vetnamning favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Dang Min Kxoy boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, turizm sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bilan bog‘liq jihatlar muhokama etildi.

Xususan, mamlakatlarimiz o‘rtasida turizmni rivojlantirish, yo‘lovchi va yuk tashuvlari hajmini oshirish maqsadida ikki davlat poytaxtlarini bog‘lovchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni qayta tiklash bilan bog‘liq masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda “Vietnam Airlines” aviakompaniyasi “Uzbekistan airways” AJ va "Uzbekistan airports" AJ bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda Xanoy – Toshkent – Xanoy yo‘nalishida muntazam qatnovlarni tashkil etish bilan bog‘liq masalani tez orada batafsil muhokama etishga kelishib olindi.